Maxfiylik siyosati
Aslbazar.com™ asosan elektron tijoratni osonlashtirish uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalaniladigan elektron savdo maydoncha bo’lib, biznesning bunday turi odatda shaxslar haqidagi ma’lumotlar to'plamini o'z ichiga olmaydi. Aslbazar.com™ maxfiylik ahamiyatini yaxshi tushungan holda shaxsiy ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlashni o’z zimmasiga oladi. Ushbu maxfiylik siyosati sahifamizga joylashtiriladigan barcha mahsulotlar va xizmatlar uchun ahamiyatga ega bo’lib, bu me’yorlar bizning sayt foydalanuvchilari to’g’risida ma’lumotlarni qay tarzda to’plashimiz, ulardan foydalanishimiz va oshkor etishimizni belgilaydi. Saytning foydalanuvchilariga nisbatan qanday ma'lumotlarni to'plashimiz, undan foydalana olishimiz va ularni oshkor qilishimiz mumkinligini belgilaydi.
Bizning xizmatlarimiz va mahsulotlarimizdan siz mobil qurilmalar yoki mobil qurilmalarga moslangan veb-saytlar orqali ham foydalana olishingiz mumkin. Bunday qurilmalar yordamida foydalanilgan xizmat va mahsulotlarimizga nisbatan ham maxfiylik siyosati qo’llaniladi.
- 1. MA’LUMOT YIG’ISH
- 1.1 Sizning maxfiyligingiz biz uchun muhim va shuni ishontirib aytamizki, siz haqingizda ma’lumotlarni faqatgina xizmatlarimizni taqdim etish va sizning hisobingizni himoyalash uchungina to’playmiz, ortiqcha ma’lumot yig’ilmaydi.
- 1.2 Foydalanuvchilarni saytga ro'yxatga olinishi vaqtida foydalanuvchi nomi, manzili, telefon raqami, faks raqami, elektron pochta manzili, jinsi va tug'ilgan sanasi taqdim etilishi kerak bo’ladi.
- 1.3 Aslbazar.com™ saytining foydalanuvchilari turli to'lov tizimlari orqali to'lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Bunday hollarda to'lovlarni amalga oshirishda taqdim etiladigan ma'lumotlar uchun to'lov tizimlari javobgar hisoblanadi.
- 1.4 Foydalanuvchilarning saytdagi faoliyati to’g’risidagi ma'lumotlarni yozib boramiz. Savdo va oldi-sotdi bitimlari sayt orqali amalga oshirilganda, bu uchun kerakli bo’ladigan ma’lumotlar tovarlarning turlari va batafsil ma’lumotlarni, narxi va yetkazib berish haqidagi axborotlarni o’z ichiga oladi.
- 2. SHAXSIY MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH
- Agar siz saytimizga biron bir shaxsiy ma'lumotingizni taqdim etsangiz, bizga shaxsiy ma'lumotlaringizdan quyidagi maqsadlarda to'plash, saqlash va foydalanishga vakolat bergan bo’lasiz:
- 2.1 shaxsingizni aniqlash;
- 2.2 sayt foydalanuvchisi sifatida ro'yxatdan o'tishingiz mumkinligini tekshirish;
- 2.3 foydalanuvchi sifatida ro’yxatdan o’tishingizni ta’minlash maqsadida sayt uchun kirish identifikatorini taqdim etish;
- 2.4 sizga xizmat ko'rsatish va so'rovlaringiz, mulohazalaringiz yoki shikoyatlaringizni o’rganib chiqish;
- 2.5 saytdagi xaridorlar va sotuvchilar o'rtasidagi muloqotni amalga oshirish;
- 2.6 sayt mazmunini yaxshilash hamda marketing va reklama maqsadlarida taklif va xizmatlarimizni takomillashtirish uchun izlanishlar yoki statistik tahlillar o'tkazish.
- 3. SHAXSIY MA’LUMOTLARNI TUZATISH HUQUQI
- 3.1 Barcha masalar bo’yicha info@aslbazar.com elektron pochtasiga murajaat qilishingiz mumkin.