Saytdan foydalanish qoidalari
ILTIMOS, USHBU QOIDA VA SHARTLARNI E’TIBOR BILAN O'QIB CHIQING!
- 1. Umumiy foydalanuvchilar
- 1.1 Saytga kirganingizda va undagi xizmatlardan foydalanganingizda saytning amaldagi barcha qonun va qoidalarini qabul qilgan hisoblanasiz.
- 1.2 Saytdan yoki undagi xizmatlardan faqat shaxsiy va ichki maqsadlarda foydalanish mumkin. Saytda mavjud bo’lgan biror bir xizmat yoki ma’lumotlar, matn, rasmlar, grafikalar, video lavhalar, ovoz, kataloglar, fayllar, ma’lumotlar bazasi yoki ro’yxati va shu kabilardan nusxa olmaslik, ko’paytirmaslik, yuklab olmaslik, qayta nashr etmaslik, sotmaslik, tarqatmaslik kerak. Undan tashqari, Aslbazar.com™ bilan raqobatlashish maqsadida yoki yangi biznes qurish maqsadida saytning ma’lumotlaridan foydalanishingiz, ko’chirishingiz yoki qayta ishlab chiqishingiz qat’iyan taqiqlanadi. Yuqorida aytilgan talablarni Aslbazar.com™ dan yozma ruxsat olmasdan turib amalga oshirish taqiqlanadi. Saytda istalgan mazmun yoki materiallardan foydalanish, qoidalarda ochiq ruxsat etilmagan har qanday maqsadlar uchun taqiqlanadi.
- 1.3 Aslbazar.com tasarrufidagi foydalanuvchilar to’g’risidagi shaxsiy ma’lumotlarni himoyalashni va ulardan foydalanishni tartibga soluvchi Aslbazar.com ning [Maxfiylik Siyosati | link ] bilan tanishib chiqishingiz kerak. Maxfiylik Siyosati qoidalarini qabul qilashingiz va Maxfiylik Siyosatiga muvofiq shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishga rozilik bildirishingiz kerak.
- 1.4 Aslbazar.com foydalanuvchilarga (so’z havolalari, bannerlar, kanallar yoki boshqa shakllardagi) havolalar, API yoki uchinchi shaxslarning veb-saytlari orqali ular tomonidan taklif etilgan mahsulot yoki xizmatlarga kirish imkonini berishi mumkin. Bunday saytlardan foydalanishdan oldin, ularning qoida va shartlari yoki maxfiylik siyosatini o’qib chiqishingizni tavsiya etamiz. Shuni ta’kidlab o’tamizki, Aslbazar.com shu turdagi uchinchi shaxs veb-saytlari ustidan hech qanday nazoratga ega emas, u yerda taqdim etiladigan ma’lumot, mahsulot yoki xizmatlar uchun javobgar emas.
- 1.5 Aslbazar.com kompyuter tizimlari yoki tarmoqlari ish faoliyatini buzmaslikka va boshqa foydalanuvchilarning hisoblarini buzishga urinmaslikka rozilik bildirishingiz kerak.
- 1.6 Aslbazar.com saytida har qanday kamsituvchi izohlar qoldirmaslikni, o’zingizga o’zingiz boshqa a’zolik raqami orqali ijobiy izoh qoldirmaslikni yoki boshqa foydalanuvchilari uchun atayin salbiy izoh qoldirmaslikni o’z bo’yningizga olishingiz kerak.
- 1.7 Saytga biron bir ma’lumot, mazmun yoki material joylashtirish hamda vakillarimizga biron bir ma’lumot taqdim etish orqali siz Aslbazar.com ga sayt foydasiga xizmat qilish maqsadida ularni namoyish etish, tarqatish, nashr etish, qayta ishlash, o’zgartirish, tarjima qilish kabi foydalanish imkonini beruvchi qaytarib olinmaydigan, doimiy, dunyo bo’ylab amalga ega litsenziyani bergan hisoblanasiz. Yuqorida aytilgan litsenziyani berish uchun kerakli bo’lgan barcha huquqlar, kuch va vakolatga ega ekanligingizni Aslbazar.com ga tasdiqlab kafolatlagan hisoblanasiz.
- 2. Sayt a’zolari sahifalari
- 2.1 Foydalanuvchilar sayt xizmatlaridan foydalanish uchun ro’yxatdan o’tishlari kerak bo’ladi. Aslbazar.com ning tasdig’isiz, bir foydalanuvchi saytda faqatgina bitta a’zolik hisobiga ega bo’lishi mumkin. Agar Aslbazar.com foydalanuvchi bir vaqtning o’zida ikki yoki ko’proq a’zolik hisobidan ro’yxatdan o’tib, uni boshqarayotganligiga shubhalansa, sayt foydalanuvchining a’zolik hisobini bekor qilishi yoki tugatishi mumkin. Bundan tashqari, Aslbazar.com™ sayti har qanday sabab tufayli foydalanuvchining ro’yxatdan o’tish arizasini rad etishi mumkin.
- 2.2 Saytda ro’yxatdan o’tgach, Aslbazar.com hisobni tayinlab, a’zolik ID sini va maxfiy so’zni (maxfiy so’z ro’yxatdan o’tish chog’ida foydalanuvchi tomonidan tanlanadi) har bir ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchiga beradi. A’zolik hisobida foydalanuvchilar elektron pochta jo’natish yoki qabul qilishlari uchun cheklangan saqlash joyiga ega vebga asoslangan elektron pochta qaydnomasi bo’lishi mumkin.
- 2.3 A’zolik ID va maxfiy so’zlar to’plami har bir hisob uchun yagonadir. Har bir sayt a’zosi o’zining hisobi ostida sodir bo’ladigan barcha faoliyatlar uchun va a’zolik ID si va maxfiy so’zning xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash uchun o’zlari mas’uldirlar. Hech qaysi sayt a’zosi sizning a’zolik hisobingiz, ID yoki maxfiy so’zdan foydalanishni o’z shaxsiy tadbirkorlik subyektidan tashqari boshqa bir odam tomonidan bo’lishib, tasdiqlab yoki ruxsat bera olmaydi. Agar siz hisobingizning boshqa birov tomonidan ishlatilayotganligini sezib qolsangiz, Aslbazar.com ma’muriyatiga xabar berishingiz talab etiladi.
- 2.4 Sayt a’zosi o’zining hisobi ostida sodir bo’layotgan barcha faoliyatlarga (jumladan, cheklanmagan holda, kompaniya yoki mahsulot ma’lumotlarini joylashtirish, qo’shimcha bitim yoki qoidalarni qabul qilish, xizmatlar uchun to’lov amalga oshirish, elektron pochta yoki SMS orqali xatlar jo’natish) o’zi tomonidan ruxsat etilgan deb hisobga olinadi.
- 2.5 Sayt a’zosi boshqa odamlar bilan hisobini bo’lishishi yoki o’z tadbirkorlik subyektlaridan tashqari ko’plab foydalanuvchilarga hisobidan foydalanishga ruxsat berishi Aslbazar.com yoki saytning boshqa foydalanuvchilariga katta zarar bo’lishi mumkinligini bilishlari lozim. Sizning hisobingizning ko’plab foydalanuvchilari tomonidan ishlatilganligi natijasida kelib chiqadigan har qanday yo’qotish yoki zararlar evaziga Aslbazar.com saytiga, filiallarimizga, direktorlarimizga, xodimlarimizga, agentlarimizga va vakillarimizga tovon to’lashadi. Hisobingizdan ko’p bor foydalanish yoki a’zolik hisobining xavfsizligini ta’minlash buzilgan hollarda, Aslbazar.com bunday buzilishlar natijada yuzaga keladigan biror bir yo’qotishga yoki zararga javobgar hisoblanishmaydi, sayt a’zosining ruxsatisiz uning hisobini to’xtatib qo’yish yoki tugatish huquqiga ega.
- 3. Sotuvchi va Xaridorlar o’rtasidagi Bitimlar
- 3.1 Aslbazar.com xaridorlar hamda mahsulot va xizmatlar sotuvchilari o’rtasida sayt orqali axborot almashish uchun elektronik veb platformasi vazifasini o’taydi. Aslbazar.com saytda sotish uchun taqdim etiladigan mahsulot yoki xizmatlarning sifati, xavfsizligi, qonuniyligi yoki mavjudligi yoxud sotuvchilarning sotuvni yakunlashni yoki xaridorlarning xaridni amalga oshirishi kabilarni nazoratga olmaydi va ularga javobgar emas.
- 3.2 Foydalanuvchilar saytda soxta odamlar bilan ishlash ehtimoli borligidan ogoh bo’lishlari kerak. Foydalanuvchilar saytga pulli a’zolik xizmatidan ro’yxatdan o’tgach, Aslbazar.com ularning to’lovlari to’g’risida ma’lum bir ma’lumotlarning to’g’riligini tekshirish uchun bir qancha usullardan foydalanishadi. Biroq, internetda foydalanuvchi tekshiruvi qiyinligi sababli, Aslbazar.com har bir foydalanuvchining noma’lum identifikatorini (jumladan, cheklovlarsiz to’layotgan a’zolarni) tasdiqlay olmaydi. Biz sizni turli xil vositalardan hamda mulohazali fikrlaringizdan foydalangan holda kim bilan ishlamoqchi bo’layotganligingizni to’g’ri baholashga undaymiz.
- 3.3 Har bir foydalanuvchi sayt yoki xizmatlardan foydalanish bilan bog’liq har qanday oldi-sotdi bitimlarini tuzish javobgarligini, xavflarini yoki zararlarini to’liq qabul qilganligini bilishlari kerak. Bunday xavflar o’z ichiga mahsulot va xizmatlarning noto’gri ko’rsatilishi, firibgarlik yo’llari, qoniqarsiz sifat, xususiyatlarga mos kelmaslik, kamchiligi bor yoki xavfli mahsulotlar, noqonuniy mahsulotlar, yetkazib berish yoki to’lovda kechikishlar, noto’gri hisob-kitoblar, kafolatning buzilishi, shartnoma buzilishi va transport hodisalari kabilarni olishi mumkin. Bu turdagi xavflar shuningdek, ishlab chiqarish, import qilish, eksport qilish, taqsimlash, taklif etish, namoyish qilish, sotish va saytda taqdim etilgan yoki taklif qilinadigan mahsulot yoki xizmatlardan foydalanishlar buzilishini ham o’z ichiga oladi. Har bir foydalanuvchi shundan xabardor bo’lishi kerakki, bitim xavflari bilan bog’liq yoki ular sababli yuzaga keladigan har qanday zarar, majburiyat, badal, noqulaylik va tadbirkorlikdagi uzilishlar uchun Aslbazar.com javobgar emas.
- 3.4 Foydalanuvchilar sayt yoki xizmatlardan foydalanish natijasida yuzaga keladigan bitim shartlari va barcha qoidalariga , jumladan, to’lovlar, qaytarishlar, kafolatlar, transport, sug’urta, soliqlar, litsenziyalar, jarimalar, ruxsatnomalar, saqlash va eltib berish masalasidagi qoidalarga o’zlari mas’uldirlar.
- 3.5 Foydalanuvchilar sayt yoki xizmatlardan foydalanish natijasida qilinadigan bitimlar bilan bog’liq barcha ma’lumot va materiallar Aslbazar.com tomonidan talab etiladigandek bo’lishini ta’minlashlari kerak. Agar foydalanuvchi talab qilingan ma’lumot va materiallarni taqdim etmasa, Aslbazar.com foydalanuvchi hisobini to’xtatib turishga yoki tugatishga haqli.
- 3.6 Biron bir foydalanuvchi boshqa tomon bilan bitim tuzishda nizoga yo’l qo’ygan holatlarda, bunday foydalanuvchi Aslbazar.com ga (hamda bizning vakillarimiz, filiallarimiz, direktorlarimiz va xodimlarimizga) shu turdagi bitimlar bilan bog’liq yuzaga keladigan barcha talablar, harakatlar, jarayonlar, xarajatlar va zararlarning qoplanishini kafolatlashi kerak.
- 4. Eslatma
- 4.1 Aslbazar.com ga bo’lgan barcha huquqiy talablar, bildirishnomalar yoki arizalar yozma ravishda bo’lishi va shaxsan, pochta tashuvchi tomonidan, sertifikatlangan pochta yoki faks orqali quyidagi manzilga yuborilishi kerak: O’zbekiston, Toshkent 100124, Mirzo Ulug’bek shox ko’chasi, 64-2.