Mahsulot Qo’shish Siyosati
- Umumiy qoidalar:
- 1. Har qanday mamlakatda yoki yurisdiktsiyada federal, shtat yoki mahalliy qonun tomonidan cheklangan yoki taqiqlangan narsalarni joylashtirish yoki sotish mumkin emas. Shuni yodda tutingki, www.aslbazar.com veb-sayti jahon bozorida faoliyat yuritadi. Shuning uchun mahsulotni sotish yoki joylashtirish siz yashaydigan hududdan tashqaridagi qonunlar asosida taqiqlanishi mumkin. Quyida taqiqlangan narsalarning ayrim toifalari keltirilgan. Biroq, bu ro'yxat to'liq emas. Siz sotuvchi sifatida har qanday yurisdiktsiyada qonun tomonidan taqiqlangan mahsulotlar joylamaslikka javobgardirsiz.
-
2. Aslbazar.com™ shuningdek, qonun bilan cheklanmagan yoki taqiqlanmagan, shunga qaramasdan tortishuvlarga sabab bo’lgan quyidagi toifadagi buyum turlarini joylashtirishni ham taqiqlaydi:
- a. noqonuniy faoliyatni rag’batlantiruvchi obyektlar;
- b. irqiy, diniy yoki etnik kamsitadigan yoki nafrat va zo’ravonlikka sabab bo’ladigan narsalar;
- c. lotareyalar yoki tanlovlar;
- d. aksiyalar, obligatsiyalar, investitsiya foizlari va boshqa qimmatli qog’ozlar;
- e. pornografik materiallar;
- f. tijorat uchun mahsulot yoki xizmat taklif etmaydigan narsalar, jumladan foydalanuvchilar haqida ma’lumot yig’ish maqsadidagi reklamalar.
- 3. Aslbazar.com o’z ixtiyori bilan qo’shimcha cheklovlar va taqiqlar kiritish huquqini o’zida saqlab qoladi.