Yangiliklar

O'zbekistonning asosiy eksporti

Iyul 02, 2018

2018 yilning birinchi choragi ma'lumotlariga ko'ra, O’zbekistonda import hajmi eksportga solishtirilganda 26% ga yuqori. Importga tashqi savdo aylanmasining $6,3 milliardi, eksport uchun esa $5 milliardi to’g’ri keladi. O’zbekistonda eksportning 57% yuqori sifatli to’qimachilik xom ashyolariga to’g’ri keladi, ammo ichki bozor uchun tayyor tekstil mahsulotlari va kiyim kechaklarning katta qismini chet eldan olib kelishga to’g’ri kelayapti. Avvalo, Turkiya va BAA dan. Shu bilan birga mamlakatda ommaviy bozor segmentining xorijiy brendlaridan kam bo'lmagan yuqori sifatli to'qimachilik mahsulotlarini taklif etadigan yetarlicha rivojlangan kichik va hunarmandchilik korxonalari tarmog'i mavjud. "Textillegprom-2017" to'qimachilik mahsulotlari va uskunalari yarmarkasining 48-chi federal yarmarkasida 40 nafar mahalliy tadbirkorlar o'z mahsulotlarini namoyish etdilar. Biroq, mahalliy tadbirkorlar turli xil savdo muammolariga duch  kelyaptilar va bu butun sanoatni to’xtatib turuvchi omildir. Buning sababi zamonaviy taqsimlash kanallari va chakana savdolarning yetishmasligidadir. Shu bilan birga, o’zbek tadbirkorlari ba’zida xom ashyolarni hamyonbop narxlarda sotib ololmaydilar, bu esa to'qimachilik sanoatining rivojlanishiga to'sqinlik qiladi va ichki bozorda kuchli brendlarning paydo bo'lishiga imkon bermaydi. Bu vaziyatni onlayn-tijoratni rivojlantirish orqali tuzatish mumkin. Xususan, O'zbekistonda aslbazar.com nomli onlayn savdo uchun zamonaviy platforma paydo bo’ldi.

Internet yordamida ishlash biznes va maxsulotlarni yuritish uchun ketadigan narx navolarni ancha kamaytiradi. Bundan tashqari, internetda biznes yuritishning mansabdor shaxslarga bog’liq tomonlari kam. Odatiy savdo geografik aloqani va kamida o'nta xodimning mavjudligini talab qiladi. Onlayn savdo uchun esa ikkita xodim yetarli. Shu bilan birga iste'molchilar kunning istalgan vaqtda buyurtma berish imkoniyatiga egalar. Bunda sotuvchi foyda yo’qotmaydi. Bundan tashqari, mobil qurilmalarning keng ommalashgani onlayn savdoni rivojlanishida kuchli vosita bo'lib, uni iqtisodiyotdagi kuchli yo'nalishlardan biriga aylantiradi.